Mazkur o‘quv kurslarida Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i N.Qurbonov, Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filiali direktori S.Ochilova, Respublika ixtisoslashtirilgan tez tibbiy yordam markazi Qashqadaryo filiali direktori A.Aliyev, Yakkabog‘ tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i S.Jo‘rayev va Kasbi tuman tibbiyot birlashmasi boshlig’i Sh.To’rayev ishtirok etmoqda.
Uch kun davom etadigan o‘quv mashg‘ulotlarida zamonaviy boshqaruv, aholi murojaatlari bilan ishlash, korrupsiyaning oldini olish, raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish va tibbiy xizmatlar sifatini oshirish masalalari muhokama qilinadi.
Qashqadaryo VSSB Matbuot xizmati