Tibbiyot xodimlari va Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan
Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazida markaz filiallari o‘rtasida “Yilning eng faol va mahoratli markazi” tanlovi bo‘lib o‘tdi.
✨ Tanlovda respublika 14 ta filallari ishtirok etib yil davomida amalga oshirgan loyihalari, xizmatlar sifatiga qaratilgan tashabbuslari, jamoaning kasbiy mahorat darajasi kabi asosiy yo‘nalishlarda o‘z ish tajribalarini taqdim etdilar.
⚖️ Ishtirokchilarning bilim va malakasini baholash maqsadida mehnat qonunchiligi bo‘yicha savol-javob ham tashkil etildi.
👨⚕️👩⚕️ Hay’at a’zolari tomonidan har bir markaz 4 ta shart bo’yicha baholandi.
Tanlov natijalariga ko’ra 1-o‘rin Qashqadaryo viloyati filialiga nasib etdi.
2-o‘rin Sirdaryo viloyati va 3-o‘rin
Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali munosib deb topildi


