Onabola-QF.uz

Yangiliklar

Qarshida 4 egizak qizaloq dunyoga keldi

Kitob tumanilik Jasur Maqayev va Dilfuza Bahriddinova 5 nafar qizni katta orzu-havaslar bilan kamolga yetkazayotgandi. Yaqinda bu oilada bir yo‘la yana 4 qizaloq tug‘ildi. Natijada ushbu oila 9 qizli boy xonadonga aylandi.

🏥 Egizaklar Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo filialida muddatidan oldin kesarcha kesish amaliyoti orqali dunyoga keldi.

➡️ Birinchi qizaloq vazni 1400 gr, bo‘yi 37 sm.

➡️ Ikkinchi qizaloq vazni 1450 gr, bo‘yi 38 sm.

➡️ Uchinchi egizakning vazni 1600 gr, bo‘yi 40 sm.

➡️ To‘rtinchisining vazni 1400 gr, bo‘yi 37 sm.

Bu juda kam uchraydigan holat bo’lib, dunyoda har 700 mingdan 1ta homiladorlikda to‘rtlamchi egizaklar tug‘iladi. Bu tabiiy yo‘l bilan ro‘y bergan bo‘lsa — tadqiqotlarga ko’ra, yanada kam, har 11 milliondan 1ta holatda uchrar ekan.

👩‍⚕️ Bunday xomiladorlik 31-34 haftagacha davom etadi. Odatda, jarrohlik amaliyoti bilan tug‘ruq jarayoni amalga oshiriladi. Bu jarayon qanday keсhgani haqida jarrohlik amaliyoti guruhiga rahbarlik qilgan shifokordan intervyu oldik:📹

💬 “Bu — butun jamoamiz mehnati. Ona va chaqaloqlarning sog‘ligi bizning asosiy ustuvor vazifamizdir.Chunki kamdan-kam hollarda to‘liq tirik tug‘ilish kuzatiladi. Bu voqea biz uchun ham yangilik, 35 yillik faoliyatim davomida ilk martta uchramoqda-deydi «Xomiladorlar patologiyasi» bo’limi boshlig‘i, oliy toifali shifokor, tibbiyot fanlari nomzodi-Botir Meyliyev

Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati

Ulashish :

Yangiliklar

Telegram kanalimizga qo’shiling va eng so’nggi yangiliklarni o’tkazib yubormang!

So'nggi yangiliklar