O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya qoidalari va me’yorlari asosida qabul qilingan Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli topshirig‘iga muvofiq, respublika ixtisoslashtirilgan Ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filialida 2025 yil 15–30 iyul kunlari kosmetik ta’mirlash hamda profilaktik dezinfeksiya ishlari amalga oshiriladi.
🔹 Shu munosabat bilan:
Ushbu ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiy markazi Qashqadaryo filiali homilador, tug‘uvchi va tuqqan ayollarni vaqtnicha qabul qilmaydi.
✅ Shu muddat mobaynida akusher-ginekologik chaqiriqlar asosida xizmatlar vaqtincha Qarshi shahar tug‘ruq majmuasi orqali ko‘rsatiladi.
✅ Markazning malakali shifokorlari hududiy shifoxonalarga safarbar qilinib, tibbiy yordam sifatini ta’minlashda faol ishtirok etadi.
📌 Hurmatli aholi! Agar sizda tug‘ruq bo‘yicha rejalashtirilgan tibbiy murojaatlar bo‘lsa, ushbu muddatda tegishli tuman tibbiyot birlashmalari bilan oldindan bog‘lanishingizni so‘raymiz.
📲 Barcha qo‘shimcha ma’lumotlar va yangiliklar boshqarmamizning rasmiy Telegram sahifalari orqali e’lon qilib boriladi.
Qashqadaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati