Helicobacter pylori (H. pylori) — oshqozon shilliq qavatida yashashi mumkin bo‘lgan bakteriya.
⚠️ Ha, H. pylori oshqozon saratoni xavfini oshirishi mumkin. U uzoq vaqt davomida oshqozonda saqlanib qolsa, surunkali yallig‘lanish, gastrit va oshqozon yarasiga olib kelishi, yillar davomida esa saraton rivojlanishi xavfini oshirishi mumkin.
❗️Ammo H. pylori aniqlangan har bir odam saraton bo‘ladi degani emas. Bakteriyani o‘z vaqtida aniqlash va shifokor tavsiyasi bilan davolash muhim.
🩺 H. pylori qanday yuqadi?
• odamdan odamga yaqin kontakt orqali;
• so‘lak orqali;
• ifloslangan suv va oziq-ovqat orqali.
🔎 Oshqozon bilan bog‘liq doimiy shikoyatlar bo‘lsa, H. pylori bo‘yicha tekshiruvdan o‘tish tavsiya etiladi.