🇺🇿Mustaqillik arafasida Yakkabog‘ tumanida 70-sonli oilaviy poliklinikaning yangi binosi foydalanishga topshirildi.
Yakkabog‘ tumani Alako’ylak MFY hududida aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini yanada sifatli va qulay ko‘rsatish maqsadida 70-sonli oilaviy poliklinikaning yangi binosi barpo etildi.
📍 Mazkur poliklinika 4 ta mahallada istiqomat qiluvchi 15 652 nafar aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
🏗Ma’lumot o’rnida, muassasani kengaytirish doirasidagi ishlar Islom taraqqiyot banki mablag‘lari hisobidan 1 milliard 750 million so‘m mablag‘ evaziga amalga oshirilib, bino qayta qurildi va kapital ta’mirlandi.
Yangi binoda aholiga zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun zarur sharoitlar yaratilgan bo‘lib, bir vaqtning o‘zida 50 nafar fuqaroni qabul qilish imkoniyati mavjud.
🎉 Yangi binoning ochilish marosimida tumani hokimi A.G’iyosov, tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Sarvar Jo‘rayev, tibbiyot xodimlari, mahalla faollari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
🔵Tadbirda ta’kidlanganidek, bunday zamonaviy tibbiyot muassasalarining foydalanishga topshirilishi aholi salomatligini muhofaza qilish, kasalliklarni erta aniqlash va profilaktika tadbirlarini samarali tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
🤝 Eng muhimi, yaratilgan yangi sharoitlar aholiga yaqin, sifatli va zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.
