Перейти к основному содержимому

Onabola-QF.uz

Yangiliklar

“KORRUPSIYA — TIBBIYOT DUSHMANI

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filialida “Korrupsiya — tibbiyot dushmani” va “Korrupsiyasiz tibbiyot” mavzularida qo‘shma yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda markaz direktori R.Tulakov, viloyat prokurori o‘rinbosari A.D. Mirzoyev, IIB, Adliya boshqarmasi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti vakillari hamda filial xodimlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda korrupsiyaga qarshi kurashish, uning oldini olish va tibbiyot tizimida shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining tibbiyot xodimlari uchun qo‘llanmasi mazmun-mohiyati muhokama qilindi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish — barchamizning umumiy vazifamiz!

Ulashish :