Albatta, jismoniy faollikni yoshlikdan odat qilish eng yaxshi qaror. Ammo sport bilan shug‘ullanishni qarilikda yoki kasallikdan keyin boshlash ham foydali.
Harakat — yosh tanlamaydi! 🚶♀️💪
Muntazam va me’yordagi jismoniy faollik:
🔹 organizmni mustahkamlaydi;
🔹 kayfiyat va uyqu sifatini yaxshilaydi;
🔹 yurak-qon tomir tizimi faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi;
🔹 kundalik hayotda faol va mustaqil bo‘lishga yordam beradi.
Eng muhimi — o‘z imkoniyatingizga mos harakatdan boshlash. Bugungi kichik qadam — ertangi sog‘lom hayot uchun katta sarmoya!