Qashqadaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuni mazmun-mohiyatini tushuntirishga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
Seminarda boshqarma boshlig‘i N. Qurbonov hamda yurist S. Qiyamova tomonidan mazkur Konstitutsiyaviy qonunning asosiy mazmuni, unda belgilangan vazifalar, Prezident Administratsiyasining davlat boshqaruvidagi o‘rni va vakolatlari haqida batafsil ma’lumot va tushunchalar berildi.
Shuningdek, qonun normalarini amaliyotda to‘g‘ri qo‘llash, yangi tartib va qoidalarni davlat organlari faoliyatiga samarali tatbiq etish, boshqaruv jarayonlarida qonuniylik va samaradorlikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
