“Meva yeyishga vaqtim yo‘q, bir stakan sharbat ichaman” — bu keng tarqalgan, ammo unchalik to‘g‘ri bo‘lmagan odat.
Mevaning eng muhim afzalliklaridan biri — kletchatka (oziq tolalari). U to‘qlik hissini oshiradi va mevadagi tabiiy shakarning qonga tez so‘rilishini sekinlashtiradi.
🍎 Butun olma — tolaga boy va uzoqroq to‘q tutadi.
🥤 Sharbatda esa mevaning katta qismi tolalari yo‘qoladi va uni ichish orqali qisqa vaqtda ko‘proq shakar iste’mol qilish osonlashadi.
Tadqiqotlarda ham butun meva iste’moli 2-tur diabet xavfining pastroq bo‘lishi bilan, meva sharbatini ko‘proq iste’mol qilish esa xavfning oshishi bilan bog‘langan.
💡 Xulosa: Mevani imkon qadar sharbat emas, butunligicha iste’mol qiling. Olma, nok, shaftoli, apelsin kabi mevalarni kundalik ratsionga qo‘shing. Sharbatni esa mevaning to‘liq o‘rnini bosuvchi mahsulot deb hisoblamang.
❤️ Mevani chaynab yeyish — sharbatini ichishdan ko`ra foydaliroqdir!