Viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida bo‘lib o‘tgan tadbirda sog‘liqni saqlash sohasi xodimlari faol ishtirok etdi.
Tadbirni Qashqadaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i N. Qurbonov kirish so‘zi bilan ochib, barchani ulug‘ ayyom — Mustaqillik bayrami bilan samimiy muborakbod etdi.
🎶 Bayram tadbiri kuy-qo‘shiq, she’r va turli madaniy chiqishlarga boy, ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi.
✨ Tadbir ishtirokchilariga ezgu tilaklar bildirilib, yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va Vatanimiz ravnaqi yo‘lida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarining bardavom bo‘lishi tilandi.
🇺🇿 Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
