Перейти к основному содержимому

Onabola-QF.uz

Yangiliklar

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Nishonda yangi xususiy klinika ish boshladi

Davlatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Nishon tumanida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan yangi loyiha — “Osiyo Med” xususiy klinikasi faoliyatini boshladi.

Klinikaning tantanali ochilish marosimida Nishon tumani hokimi Botir Tog‘ayev, nuroniylar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida yangi tibbiyot muassasasida yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirilib, aholiga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmat turlari hamda klinikaning kelgusidagi faoliyati haqida ma’lumot berildi.

“Osiyo Med” klinikasining ishga tushirilishi Nishon tumani aholisi uchun zamonaviy tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish bilan birga yangi ish o‘rinlarini ham yaratadi.

Mustaqillik bayrami arafasida foydalanishga topshirilgan ushbu yangi maskan Nishon tumani aholisi uchun munosib tuhfalardan biri bo‘ldi.

Ulashish :