Rossiya Federatsiyasining Volgograd viloyati, Voljskiy shahrida «Voljskiy endoskopik forumi — VEF-2026» xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi.
❗️E’tiborli jihati — forum «Rossiya va O‘zbekiston. Birgalikda rakni yengamiz» shiori ostida tashkil etildi.
📍Xalqaro tadbirda Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot onkologiya va radiologiya markazi Qashqadaryo filiali onkoxirurg va endoskopist vrachi, PhD tadqiqotchi Azizov Otabek Qanoatovich ham faol ishtirok etdi.
🔹 Forum doirasida «O‘zbekiston Respublikasida oshqozon rakini erta tashxislashga zamonaviy yondashuvlar» mavzusida ilmiy ma’ruza qildi. Shuningdek, ekspert sifatida moderatorlik vazifasini bajardi va forumning amaliy qismida jarrohlik amaliyotida ishtirok etdi.
🌍Ta’kidlash joizki, bunday nufuzli xalqaro maydonlarda o‘zbekistonlik mutaxassislarning ilmiy va amaliy ishtiroki — yurtimiz tibbiyotida, ayniqsa onkologiya va endoskopiya yo‘nalishlarida zamonaviy yondashuvlar rivojlanayotgani va mutaxassislar salohiyati xalqaro darajada e’tirof etilayotganining muhim ko‘rsatkichidir.
👏 Qashqadaryolik shifokorimizni xalqaro maydondagi munosib ishtiroki bilan tabriklaymiz!
