Перейти к основному содержимому

Onabola-QF.uz

Yangiliklar

Kofe ozishga va mushak massasini oshirishga yordam beradi(mi)

Yangi Finlyandiya tadqiqoti kofe va organizmdagi yog‘ hamda mushak massasi o‘rtasida qiziq bog‘liqlik borligini ko‘rsatdi!

🇫🇮 Tadqiqotda 2 264 nafar kishi ishtirok etgan.

Natijalarga ko‘ra, kuniga 1–5 piyola kofe iste’mol qiladigan ishtirokchilarda:

🔥 tana yog‘i kamroq;
💪 skelet mushak massasi ko‘proq;
🧬 leysin, izoleysin va valin kabi ayrim aminokislotalar darajasi pastroq bo‘lgan.

Eng qizig‘i — bu aminokislotalar organizmning insulin sezgirligi va modda almashinuvi bilan bog‘liq.

Ammo bir muhim jihat bor: olimlar kofe ichishning o‘zi ozdiradi yoki mushakni ko‘paytiradi, deb aytmayapti. Tadqiqot faqat kofe iste’moli va tana tarkibi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatgan.

☕️ Shuning uchun kofe — “sehrli ozdiruvchi vosita” emas.

Siz kuniga necha piyola kofe ichasiz? 👇

📌 Manba: European Journal of Nutrition, 2026.

Ulashish :