Перейти к основному содержимому

Onabola-QF.uz

Yangiliklar

Shahrisabz tumanida tibbiyot muassasalari faoliyati kompleks o‘rganildi

Viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan Shahrisabz tumanidagi 39-oilaviy poliklinikada aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish hamda tibbiyot muassasalari faoliyatini kompleks o‘rganish tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatlari sifati, profilaktik tibbiy ko‘riklarning tashkil etilishi, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasi hamda tibbiyot xodimlari faoliyati atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, mas’ul rahbar va mutaxassislar ishtirokida muassasalar faoliyatida uchrayotgan muammolar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati va samaradorligini yanada oshirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.

Ulashish :