Viloyat hokimi tashabbusi bilan Dehqonobodning olis hududlaridan biri — Boshchorbog‘ mahallasida aholi murojaatlari va salomatligini o‘rganishga qaratilgan kompleks tadbir tashkil etildi.
Tadbir doirasida Chashmamiron, Boshchorbog‘, Chilgaz va Sarchashma mahallalari aholisi uchun sayyor qabul hamda bepul tibbiy ko‘riklar o‘tkazildi.
Tibbiy ko‘riklar yakunida 8 nafar fuqaroga tuman tibbiyot birlashmasida, 5 nafar fuqaroga viloyat tibbiyot muassasalarida statsionar davolanish uchun yo‘llanmalar berildi. Shuningdek, 116 nafar fuqaroga ambulator davolanish tavsiya etildi.
Mazkur tadbir aholi murojaatlarini o‘rganish va tibbiy xizmatlarni bir nuqtada tashkil etish orqali olis hududlarda yashovchi fuqarolarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish, kasalliklarni barvaqt aniqlash hamda sifatli tibbiy yordamni yanada yaqinlashtirishga xizmat qildi.
