Перейти к основному содержимому

Onabola-QF.uz

Yangiliklar

OIV infeksiyasi profilaktikasi bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi “Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallikka qarshi kurashish tizimini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–14-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Qarshi shahridagi 521-safarbarlik chaqiruv rezervi batalonida harbiy xizmatchilar o‘rtasida OIV infeksiyasining oldini olishga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan OIV infeksiyasining yuqish yo‘llari, kasallikning oldini olish choralari, sog‘lom turmush tarzining ahamiyati hamda aholining bu boradagi tibbiy savodxonligini oshirish masalalari yuzasidan ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, harbiy xizmatchilarni OIV infeksiyasidan himoyalanish, o‘z salomatligiga mas’uliyat bilan yondashish va muntazam tibbiy ko‘riklardan o‘tib borish bo‘yicha tavsiyalar bilan tanishtirildi..

Ulashish :