Перейти к основному содержимому

Onabola-QF.uz

Yangiliklar

Ovqatni qanday yeyishingiz ham sog‘liq uchun muhim

Tadqiqotlarga ko‘ra, ovqatni juda tez yeydigan insonlarda ortiqcha vazn va semirish xavfi yuqoriroq bo‘ladi. Chunki miya to‘yganlik signalini qabul qilishi uchun ma’lum vaqt kerak bo‘ladi.

Ovqatni sekin, yaxshilab chaynab va shoshmasdan iste’mol qilish:
• To‘yganlik hissini tezroq his qilishga;
• Ortiqcha kaloriya qabul qilmaslikka;
• Hazm jarayonini yaxshilashga;
• Qorin qo‘yish xavfini kamaytirishga yordam beradi.

Sog‘lom vaznni saqlash uchun nafaqat nima yeyishimiz, balki qanday yeyishimiz ham ahamiyatli.

🍏 Sekin ovqatlaning, sog‘ligingizni asrang!

Ulashish :