Перейти к основному содержимому

Onabola-QF.uz

Yangiliklar

KITOB TUMANINING OLIS VA CHEKKA QISHLOQLARIDA SAYYOR QABUL VA BEPUL TIBBIY KO‘RIKLAR TASHKIL ETILDI

Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i N.Qurbonov Kitob tumanining olis va chekka hududlarida yashovchi aholi uchun sayyor qabul o‘tkazdi.

🟢Tadbir davomida fuqarolarning sog‘liqni saqlash tizimiga oid murojaat va takliflari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

🟣Shuningdek, mobil poliklinikalar orqali aholi uchun bepul tibbiy ko‘riklar tashkil etildi. Unda viloyatdagi ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarining yuqori malakali tor soha mutaxassislari ishtirok etib, fuqarolarning salomatlik ko‘rsatkichlarini tekshirdi, zarur tavsiya va maslahatlar berdi.

Mobil poliklinikalarning chekka hududlarga chiqishi natijasida yuzlab fuqarolar yashash joyidan uzoqlashmagan holda malakali tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Ulashish :