Bugungi kunda ruhiy salomatlik jismoniy salomatlik kabi muhim ahamiyatga ega. Stress, tashvish, depressiya va boshqa ruhiy buzilishlar insonning kundalik hayoti, ish faoliyati hamda oila a’zolari bilan munosabatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
🔹 Ruhiy buzilishlarning eng ko‘p uchraydigan turlari:
• Depressiya
• Tashvish (xavotir) buzilishlari
• Uyqu buzilishlari
• Bipolyar buzilish
• Shizofreniya
• Travmadan keyingi stress buzilishi
🔹 Asosiy alomatlar:
✔️ Kayfiyatning uzoq muddat tushkun bo‘lishi
✔️ Doimiy xavotir va qo‘rquv hissi
✔️ Uyquning buzilishi
✔️ Ishtahaning o‘zgarishi
✔️ Tez jahldorlik yoki befarqlik
✔️ Diqqat va xotiraning pasayishi
✔️ Kundalik ishlarga qiziqishning yo‘qolishi
🔹 Ruhiy buzilishlar nima sababdan yuzaga keladi?
• Kuchli stress va ruhiy zo‘riqish
• Irsiy omillar
• Surunkali kasalliklar
• Miya faoliyatidagi ayrim o‘zgarishlar
• Ijtimoiy va oilaviy muammolar
🔹 Davolash usullari:
✅ Psixolog yoki psixiatr ko‘rigidan o‘tish
✅ Psixoterapiya (suhbat orqali davolash)
✅ Shifokor tavsiyasiga ko‘ra dori vositalarini qabul qilish
✅ Sog‘lom turmush tarzi, muntazam jismoniy faollik
✅ Yetarli uyqu va to‘g‘ri ovqatlanish
✅ Yaqinlarning ma’naviy qo‘llab-quvvatlashi
❗️ Ruhiy buzilishlar uyat emas va ularni yashirish muammoni yanada kuchaytiradi. Vaqtida mutaxassisga murojaat qilish ko‘plab kasalliklarning oldini olish va hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi.
Ruhiy salomatlikka e’tibor bering – sog‘lom ruh sog‘lom hayot garovidir!