Перейти к основному содержимому

Onabola-QF.uz

Yangiliklar

Kitob tuman Sog‘liqni saqlash bo‘limida situasion markaz faoliyati yo‘lga qo‘yildi

Kitob tuman Sog‘liqni saqlash bo‘limida raqamli boshqaruv tizimini takomillashtirish va tibbiyot muassasalari faoliyati ustidan tezkor monitoringni ta’minlash maqsadida tashkil etilgan Situasion markazning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

🧑‍💻Markazni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari O.Omonov hamda Qashqadaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i N.Qurbonov rasman ochib berdilar.

Tadbir davomida markazning imkoniyatlari bilan tanishildi. Qayd etilganidek, mazkur markaz orqali tibbiyot muassasalari faoliyatini onlayn kuzatish, elektron tizimlar orqali kelib tushayotgan ma’lumotlarni tahlil qilish, muhim ko‘rsatkichlarni monitoring qilish hamda boshqaruv qarorlarini tezkor qabul qilish imkoniyati yaratiladi.

Ulashish :