Dehqonobod tumani Farovon MFYda istiqomat qiluvchi 307 nafar aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Tibbiy ko‘rik jarayoniga viloyat va tuman shifoxonalarida faoliyat yuritayotgan 20 nafar turli yo‘nalishdagi malakali shifokorlar jalb etildi.
Mutaxassislar tomonidan aholining salomatlik holati o‘rganilib, kasalliklarni erta aniqlash, zarur tavsiyalar berish hamda davolash choralarini belgilash bo‘yicha ishlar amalga oshirildi.
Bunday tibbiy ko‘riklar aholi salomatligini muhofaza qilish, kasalliklarning oldini olish va tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.
