Qashqadaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Qamashi tumanida o‘ziga biriktirilgan xonadonlarga tashrif buyurib, aholi bilan yuzma-yuz muloqot qildi.
Tashrif davomida fuqarolarning sog‘lig‘i, ijtimoiy ahvoli va tibbiy xizmatlardan foydalanish bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi. Murojaatlar tinglanib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda birlamchi tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilandi.
