Перейти к основному содержимому

Onabola-QF.uz

Yangiliklar

Vazirlar Mahkamasining 17.12.2025-yildagi 796-sonli qarori bilan tasdiqlangan tartibga muvofiq, 2026-yil 1-iyuldan boshlab sug’urta qilingan shaxslarga yuzaga kelgan sug’urta hodisasiga nisbatan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi DAVLAT IJTIMOIY SUG’URTA JAMG’ARMASI hisobidan to’lanishi belgilangan.

2026-yilning 1—15-iyul sanalari oralig’ida sug’urta qilingan shaxslarga rasmiylashtirilgan «Kasallik» bo’yicha mehnatga layoqatsizlik varaqasi asosida tayinlangan davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha to’lovlar (birinchi navbatda sug’urta qilingan shaxsning ijtimoiy kartasiga, ijtimoiy kartasi mavjud bo’lmaganda, virtual ijtimoiy karta ochilib, ushbu virtual kartaga) o’tkazib berish jarayonlari boshlanganligini ma’lum qilamiz. 💳💰

📲 Virtual karta ma’lumotlari uchun «Baraka» ilovasini yuklab olish havolasi

📞 Ishonch raqami: 1070
🌐 Batafsil: baraka.gov.uz

Ulashish :