Перейти к основному содержимому

Onabola-QF.uz

Yangiliklar

DIQQAT, MUHIM E’LON

Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filiali binosida 2026-yil 15 iyuldan 2 avgustga qadar navbatdagi kosmetik ta’mirlash va profilaktik dezinfeksiya ishlari olib borilishi munosabati bilan filial faoliyati vaqtincha to’xtatiladi.

Shu munosabat bilan:
🔹 Homilador, tug‘uvchi va tuqqan ayollarga akusher-ginekologik tibbiy xizmat tuman(shahar)lardagi tibbiyot muassasalari hamda Qarshi shahar tug‘ruq kompleksi orqali uzluksiz ko‘rsatiladi.

🔹 Shoshilinch va og‘ir holatdagi bemorlar Qarshi shahar tug‘ruq kompleksiga yuboriladi.

🔹 Aholidan tibbiy yordam uchun yashash hududidagi tibbiyot muassasasiga murojaat qilishlari so‘raladi.

Sog‘lig‘ingizni asrang❗️

Ulashish :