Перейти к основному содержимому

Onabola-QF.uz

Yangiliklar

“103” brigadasi tez tibbiy yordam avtomashinasida shoshilinch tug‘uruqni amalga oshirdi

Respublika tez tibbiy yordam markazi Toshkent shahar filialining Yangihayot tumanidagi 13-sonli podstansiyasi xodimlari yana bir bor o‘z kasbiy mahorati va tezkorligini namoyon etdi.
🚑 Gap shundaki, tibbiy brigada «Tez yordam» avtomashinasida shoshilinch tug‘uruqni muvaffaqiyatli amalga oshirdi.

🕓 Voqea kecha, 13-iyul kuni ertalab soat 06:50 da kuzatildi. Yangihayot tumanidagi 1-son tug‘uruq kompleksiga yetmasdan 22 yoshli homilador ayolga yo‘lda tezkor ravishda tibbiy yordam ko‘rsatishga kirishildi.

👨‍⚕️ Vaziyatni tezda baholagan «103» brigadasi barcha sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya qilgan holda chaqaloqni tug‘dirib olishga muvaffaq bo‘ldi.

🟡 Tug‘uruqni Respublika tez tibbiy yordam markazi feldsheri Rustam Saidazimov amalga oshirdi. Tug‘uruq natijasida 3900 gramm vaznli qiz farzand dunyoga keldi.

🏥 Shundan so‘ng ona va bola Yangihayot tumanidagi 1-son tug‘uruq kompleksiga joylashtirildi. Hozirda ularning ahvoli yaxshi.

‼️Ma’lumot uchun, feldsher Rustam Saidazimov 5 yillik faoliyati davomida uchinchi marta tez tibbiy yordam avtomashinasida shoshilinch tug‘uruqni muvaffaqiyatli amalga oshirgan.

Ulashish :