Sog‘lom homiladorlik nafaqat to‘g‘ri ovqatlanish, balki organizm ehtiyojiga mos vitamin va minerallarni qabul qilish bilan ham bog‘liq.
✅ Foliy kislotasi (B9) – homilaning miya va asab tizimi to‘g‘ri rivojlanishiga yordam beradi.
✅ Temir – kamqonlikning oldini oladi, ona va homilaga kislorod yetkazib berishda muhim.
✅ Yod – qalqonsimon bez faoliyati hamda homilaning aqliy rivojlanishi uchun zarur.
✅ D vitamini – suyak va tishlarning mustahkam rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaydi.
✅ Kalsiy – ona va homilaning suyaklari hamda tishlari uchun muhim mineral.
✅ Omega-3 (DHA) – homilaning miya va ko‘rish qobiliyati rivojlanishiga yordam beradi.
⚠️ Vitamin va biologik faol qo‘shimchalarni faqat shifokor tavsiyasiga ko‘ra qabul qiling. O‘zboshimchalik bilan dori yoki vitamin iste’mol qilish ona va homila salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
💚 Sog‘lom homiladorlik — sog‘lom farzand garovi!