Перейти к основному содержимому

Onabola-QF.uz

Yangiliklar

ONALIK VA BOLALIKNI MUHOFAZA QILISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasida 2026-yilda xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, onalik va bolalikni muhofaza qilish, nikohlanuvchilar hamda tug‘ish yoshidagi ayollarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

🔵Yig‘ilishda tuman va shahar tibbiyot birlashmalarining onalik va bolalik masalalari bo‘yicha rahbar o‘rinbosarlari, bosh hamshiralar, akusher-ginekologlar hamda mas’ul mutaxassislar ishtirok etdi.
🟣Tadbirni viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining onalik va bolalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari M.Qurbonova hamda viloyat Adliya boshqarmasi vakili olib bordi.

Yig‘ilish davomida Adliya boshqarmasi xodimi tomonidan tug‘ilish va o‘lim holatlarini o‘z vaqtida qayd etish, nikohlanuvchilarni tibbiy ko‘riklarni belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish hamda bu boradagi qonunchilik talablari yuzasidan ma’lumot berildi.

⏬Shuningdek, viloyat skrining markazi direktori D. Tursunov prenatal skrining xizmatlari faoliyati, skrining xonalarida belgilangan vazifalarning to‘liq va sifatli bajarilishini ta’minlash, tug‘ma nogironliklarning oldini olish, irsiy kasalliklar ko‘payishining asosiy sabablari hamda ularni kamaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’ruza qildi.

🩺Yig‘ilishda joylardagi ayrim kamchiliklar ham tanqidiy tahlil qilindi. Xususan, Ko‘kdala, Qarshi va Chiroqchi tumanlarida mutaxassislarni jalb qilish va ularning faoliyatini samarali tashkil etish borasidagi kamchiliklar qayd etildi. Shuningdek, Qamashi tumanida onalik va bolalik masalalari bo‘yicha rahbar o‘rinbosarlari lavozimidagi yuqori qo‘nimsizlik, Shahrisabz shahri va Shahrisabz tumanidagi kadrlar bilan ishlash holati tanqid qilinib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

❗️Yig‘ilish yakunida onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash, reproduktiv salomatlikni yaxshilash, skrining tadbirlarini samarali tashkil etish hamda belgilangan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash yuzasidan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Qashqadaryo VSSB matbuot xizmati

Ulashish :