Перейти к основному содержимому

Onabola-QF.uz

Yangiliklar

Xalqaro konferensiya: ikkinchi ish kuni — amaliy tajriba maydonida

Qarshi shahrida o‘tayotgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini davom ettirmoqda. Anjumanning ikkinchi ish kuni Respublika ixtisoslashtirilgan Ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy markazi Qashqadaryo filiali bazasida master-klass shaklida tashkil etildi.

🔵Master-klasslarda akusherlik va ginekologiya sohasida zamonaviy klinik metodologiyalar bo‘yicha professor-o‘qituvchilar tomonidan turli dolzarb mavzularda amaliy va nazariy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.

🟣Master-klasslarda 2 nafar xorijiy professor, 6 nafar respublika miqyosidagi mutaxassis, shu jumladan qashqadaryolik 2 nafar yosh ilmiy izlanuvchi tadqiqotchi xodimlar ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etmoqda.

❗️Tadbirda viloyatimizning barcha tuman va shaharlaridan, shuningdek, davolash-profilaktika muassasalarining tegishli soha mutaxassislari faol ishtirok etmoqda.

Ulashish :