1-dekabr Halqaro OITSga qarshi kurash kuni munosabati bilan viloyatimiz bo`ylab barcha tashkilot, o`quv muassasalari va jamoat joylarida targ`ibot -tashviqot ishlari, bir qator madaniy-ma`rifiy tadbirlar va tibbiy ko`riklar tashkil etib kelinmoqda. Ana shunda tadbirlardan navbatdagisi Xonoboddagi harbiy qismda tahskil etildi.
🟣Tadbir davomida viloyat OITS markazi mutaxassislari tomonidan OITS, OIV infeksiyasi va profilaktika bo‘yicha muhim ma’lumotlar yetkazildi, harbiy xizmatchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislarimizdan batafsil javob oldilar va infeksiyaga oid axborot bukletlari va tarqatma materiallari berildi.
