Перейти к основному содержимому

Onabola-QF.uz

Yangiliklar

Tibbiyot xodimlariga davlat mukofotlari topshirildi

Xabaringiz bor, shu kunlarda sog‘liqni saqlash sohasi xodimlari kuni munosabati bilan viloyatimiz bo’ylab bayram dasturlari bo’lib o’tmoqda.

Bugun esa Prezidentimizning «Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida»gi Farmoniga asosan mazkur yuksak e’tirofga sazovor bo’lgan bir guruh qashqadaryolik soha xodimlariga davlat mukofotlari viloyat hokimi Murotjon Azimov tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

Murotjon Azimov:
Avvalo, sizlarni, o‘zining sharafli mehnati va fidoyiligi bilan aholi salomatligi yo‘lida fidokorona mehnat qilib kelayotgan barcha sog‘liqni saqlash xodimlarini – Tibbiyot xodimlari kuni bilan viloyat hokimligi va keng jamoatchilik vakillari nomidan yana bir bor chin qalbimdan muborakbod etaman.

Har yili mazkur bayram respublikamizda keng nishonlanib kelinmoqda.

Kecha Davlatimiz Rahbari tomonidan imzolangan “Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmon bilan viloyatimizdan 5 nafar soha xodimlari mukofotlandilar.

O’z o’rnida davlat mukofotiga sazovor bo’lgan shifokorlar so’zga chiqib, Prezidentimiz tashabbusi bilan so’ngi yillarda yurtimiz tibbiyotida ulkan islohotlar va o’zgarishlar olib borilayotganini ta’kidladi hamda minnatdorlik bildirdi.

 

Ulashish :