O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PQ-147-sonli qarori, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Milliy kengashning 25-son majlis qarori, shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirining 2025-yil 7-iyuldagi 200-sonli va 8-iyuldagi 203-sonli buyrug‘lari ijrosini ta’minlash maqsadida viloyatida profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda.
🔵Mazkur tadbirlar doirasida Sogliqni saqlash vazirligining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i S.Mamanov rahbarligida ishchi guruh (D.Abdujabbarov, G‘.Abdurahmonov) viloyatimizda bo`ldi.
🔶Viloyat bolalar kop tarmoqli tibbiyot markazida o`tkazilgan yig‘ilishda Qashqadaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi rahbariyati, viloyatdagi barcha davolash-profilaktika muassasalari, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari rahbarlari, kadrlar bo‘limi xodimlari, bosh hisobchilar, iqtisodchilar ishtirok etdi.
