Перейти к основному содержимому

Onabola-QF.uz

II akusherlik (tug‘ruq) bo‘limi

Bo'limlar

II akusherlik (tug‘ruq) bo‘limi

Asosiy maqsadi:
Homiladorlik, tug‘ruq va tug‘ruqdan keyingi davrda ayollarga sifatli, xavfsiz va o‘z vaqtida akusherlik-ginekologik yordam ko‘rsatish, ona va chaqaloq salomatligini muhofaza qilish hamda asoratlarning oldini olish.
Asosiy vazifalari:
Homilador ayollarni qabul qilish va umumiy holatini baholash.
Tug‘ruq faoliyatining boshlanishi va bosqichlarini aniqlash.
Ona va homilaning holatini muntazam nazorat qilish.
Tug‘ruqni amaldagi klinik protokollar asosida olib borish.
Fiziologik tug‘ruqlarda xavfsiz akusherlik yordamini ko‘rsatish.
Tug‘ruq asoratlarini erta aniqlash va tegishli choralarni ko‘rish.
Qon ketish, preeklampsiya, eklampsiya, homila gipoksiyasi va boshqa shoshilinch holatlarda tezkor yordam ko‘rsatish.
Zarurat tug‘ilganda bemorni operativ yoki ixtisoslashtirilgan yordamga yo‘naltirish.
Ona va chaqaloqning tug‘ruqdan keyingi dastlabki holatini baholash.
Chaqaloqni zarur hollarda reanimatsion yordam bilan ta’minlash.
Tibbiy hujjatlarni to‘g‘ri va to‘liq yuritish.
Sanitariya-gigiyena, aseptika va antiseptika talablariga rioya qilish.

Yangi O’zbekistonni barpo etishga faqat sog’lom xalq, sog’lom millatgina qodir.
Sh.M.Mirziyoyev

Tug‘ruq zalining maqsadi
Asosiy maqsadi:
Tug‘ruq jarayonini xavfsiz sharoitda olib borish, ona va homila holatini uzluksiz nazorat qilish hamda tug‘ruq vaqtida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish.
Tug‘ruq zalining vazifalari:
Tug‘ruqdagi ayolni qabul qilish va holatini baholash.
Arterial qon bosimi, puls, tana harorati va boshqa hayotiy ko‘rsatkichlarni nazorat qilish.
Homilaning yurak urish tezligini muntazam kuzatish.
Tug‘ruq jarayonining rivojlanishini partogramma orqali qayd etish.
Tug‘ruqning barcha bosqichlarida ayolga akusherlik yordamini ko‘rsatish.
Aseptika va antiseptika qoidalariga qat’iy rioya qilish.
Og‘riqni kamaytirishning tegishli usullarini qo‘llash.
Bola tug‘ilgandan keyin uning holatini dastlabki baholash.
Zarur hollarda yangi tug‘ilgan chaqaloqqa reanimatsion yordam ko‘rsatish.
Yo‘ldoshning tug‘ilish jarayonini va bachadon qisqarishini nazorat qilish.
Tug‘ruqdan keyingi qon ketishning oldini olish, uni erta aniqlash va davolash.
Ona va chaqaloqni tug‘ruqdan keyingi kuzatuv bo‘limiga o‘z vaqtida o‘tkazish.
3. Tug‘ruqdan keyingi chilla davri bo‘limining maqsadi
Asosiy maqsadi:
Tug‘ruqdan keyin ayol organizmining tiklanishini nazorat qilish, tug‘ruqdan keyingi asoratlarni erta aniqlash va davolash, shuningdek, yangi tug‘ilgan chaqaloqning sog‘lom moslashuvini ta’minlash.
Asosiy vazifalari:
Tug‘ruqdan keyin onaning umumiy holatini muntazam kuzatish.
Arterial qon bosimi, puls, tana harorati va boshqa ko‘rsatkichlarni nazorat qilish.
Bachadonning qisqarishi va involyutsiyasini kuzatish.
Tug‘ruqdan keyingi ajralmalarni nazorat qilish.
Tug‘ruqdan keyingi qon ketishni erta aniqlash.
Tug‘ruqdan keyingi infeksiyalarning oldini olish va ularni erta aniqlash.
Tashqi jinsiy a’zolar, tug‘ruq yo‘llari va tikilgan joylarning holatini nazorat qilish.
Kesarcha kesishdan keyingi ayollarda operatsion yara holatini kuzatish.
Emizishni imkon qadar erta boshlashga ko‘maklashish.
Ona va bolani birgalikda parvarish qilish sharoitlarini ta’minlash.
Chaqaloqning tana harorati, emishi, siydik va najas ajratishini kuzatish.
Onaga shaxsiy gigiyena, ovqatlanish, emizish va chaqaloq parvarishi bo‘yicha maslahat berish.
Tug‘ruqdan keyingi ruhiy holatni kuzatish va zarur hollarda psixologik yordamga yo‘naltirish.
Oilani rejalashtirish va kontratsepsiya bo‘yicha maslahat berish.
Onani uy sharoitida o‘zini va chaqaloqni parvarish qilishga tayyorlash.
Uyga chiqarishdan oldin ona va chaqaloqning holatini baholash.
Zarurat bo‘lganda ona yoki chaqaloqni tegishli mutaxassis yoki ixtisoslashtirilgan bo‘limga yo‘naltirish.
Tibbiy hujjatlarni belgilangan tartibda to‘liq yuritish.
4. Bo‘limlarning umumiy funksional vazifasi

II akusherlik bo‘limi, tug‘ruq zali va tug‘ruqdan keyingi chilla davri bo‘limining asosiy funksional vazifasi — “ona va bola xavfsizligi” tamoyili asosida homiladorlik, tug‘ruq va tug‘ruqdan keyingi davrda ayol hamda chaqaloqqa uzluksiz, sifatli va xavfsiz tibbiy-akusherlik yordam ko‘rsatishdir.
Asosiy tamoyillar:
Ona va chaqaloq xavfsizligini ta’minlash.
Klinik protokollar va standartlar asosida faoliyat yuritish.
Aseptika va antiseptika qoidalariga rioya qilish.
Shoshilinch akusherlik holatlariga doimiy tayyorgarlik.
Ona sutida emizishni qo‘llab-quvvatlash.
Ona va chaqaloqning birgalikda bo‘lishini ta’minlash.
Tibbiy hujjatlarni aniq va sifatli yuritish.
Tibbiyot xodimlarining lavozim yo‘riqnomalariga muvofiq mas’uliyat bilan faoliyat yuritishi.

 

Biz haqimizda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-sentabrdagi “Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-296-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining “Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning hududiy filiallari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2023 yil 15 sentabrdagi 230-sonli buyruqlariga asosan 2023 yilning 5 oktabridan “Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo viloyati filiali” davlat muassasasi nomi bilan faoliyat yurita boshladi.

Bo'limlar

Markaz 200 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, tarkibida:

telefon

(75) 123-45-67

Ish vaqti

8.00 - 18.00