Onabola-QF.uz

So’nggi yillarda onalar va bolalar salomatligini asrash borasidagi eng muhim o’zgarishlardan biri Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi…

So’nggi yillarda onalar va bolalar salomatligini asrash borasidagi eng muhim o’zgarishlardan biri Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining tashkil topgani bo’ldi. Prezidentning tegishli qaroriga asosan, ushbu yo’nalishga ixtisoslashgan uchta tibbiyot muassasasi yagona tizimga birlashtirildi. SSV matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavhada ushbu yangi markaz faoliyati haqida so’z yuritiladi. Sog’liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati.

Yuqori texnologiyali zamonaviy tibbiy uskunalar topshirildi

Respublika ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi va ko’p tarmoqli bolalar shifoxonasiga 10 dona 950 mln so’mlik “Ecola” rusumli inkubatorlar sovg’a qilindi. Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari M.Qurbonova, O‘zbekiston “Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondi Qashqadaryo viloyati rahbari Q.Azizovlar va boshqa bir qator ma’sullar ishtirokida ushbu tibbiy uskunalar topshirildi. Eslatib o’tamiz, viloyatimizda har yili […]

Bolalar uchun ingalyasiya: ota-onalar nimalarni bilishi zarur?

Ma’lumki, kuz faslida havo harorati pasayib, inson organizmi sovuq kunlarga moslashib boradi. Bu jarayon aksariyat hollarda salomatlikka salbiy ta’sir qilishi aniq. Oqibatda turli virus va bakteriyalar ta’sirida gripp va o’tkir respirator virusli infektsiyalar ko’payadi. Ayniqsa, bu paytda bolalarning nafas yo’llari yuqumli kasalliklariga chalinish ko’rsatkichlari yilning boshqa davrlariga nisbatan birmuncha ortishi barchaga ma’lum. Aytish lozimki, bunday […]

Homiladorlikda to’g’ri ovqatlanish: bunda ayollar nimalarga e’tibor berishi kerak?

Homiladorlikda to’g’ri ovqatlanish nafaqat ayol salomatligi, balki tug’ilajak farzandning sog’lom dunyoga kelishi uchun ham juda muhim. Shunday ekan, bu borada bo’lg’usi onalar nimalarga e’tibor berishi kerak? Qanday eguliklarni iste’mol qilishda ehtiyotkor bo’lgan ma’qul? Ushbu savollarga akusher ginekolog Arofat Isaeva batafsil ma’lumot berdi. — Homiladorlikda tananing qo’shimcha energiya va ozuqa moddalariga bo’lgan ehtiyoji ortadi, — deydi […]

Ma`sullar yig`ilishi o`tkazildi

Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo viloyat filialida «Reproduktiv salomatlikni saqlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish masalalari» ga bag’ishlangan senat ishchi guruhi ishtirokida navbatdagi yig’ilish o’tkazilmoqda. Yig’ilishda viloyat, tuman, shahar tibbiyot birlashmalari rahbarlari, soha mutaxassislari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi va boshqa tegishli ma’sullar ishtirok etishdi.

Ona suti — go’daklar uchun eng mukammal ozuqa

Ona suti — go’daklar uchun eng mukammal ozuqa. Uning tarkibida chaqaloqlarni ko’plab kasalliklardan himoya qiluvchi antitanalar, vitaminlar, gormonlar va boshqa ko’plab foydali mikroelementlar mavjud. Shu bois xalqaro hujjatlarda go’daklarni 6 oygacha istisnosiz ko’krak suti bilan parvarishlashni muhofaza qilish va qo’llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlarga keng urg’u berilgan. Tabiiyki, mazkur yo’nalishdagi ishlar samaradorligini oshirishda ommaviy targ’ibotning ahamiyati katta. […]

Mutaxassis: bolalar tserebral falaji – umrbod davolanishni talab qiladigan kasallik

Tahlillarga ko’ra, hozir dunyo bo’yicha bolalar tserebral falajidan aziyat chekayotgan 17 million nafar bemor ro’yxatga olingan. Ammo ushbu kasallik ko’pincha kech bosqichda aniqlanishini inobatga olsak, Real raqamlar yanada yuqori bo’lishi mumkin. Xo’sh, bu qanday xastalik? Kelib chiqish omillari va yaqqol alomatlari qaysilar? Xastalikni to’liq davolasa bo’ladimi? Mazkur savollarga bolalar milliy tibbiyot markazi nevrologi Dilnoza Odilovadan […]

Respublika perinatal markazi Perinatalogiya, ginekologiya, neonatologiya va neonatal xirurgiya yo’nalishidagi mamlakatimizning eng…

Respublika perinatal markazi Perinatalogiya, ginekologiya, neonatologiya va neonatal xirurgiya yo’nalishidagi mamlakatimizning eng ilg’or va etakchi tibbiyot muassasalaridan biridir. Markazning elektron tibbiy hujjat aylanmasi maxsus «Meddata» elektron platformasi orqali amalga oshiriladi. Ushbu platforma markazning barcha bo’limlari o’rtasida integrasiya qilingan bo’lib, tibbiy hujjatlarni qog’oz ko’rinishida bo’lishini minimallashtirishga yo’naltirilgan. SSV matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan yuqoridagi videolavhada bu haqda […]

Mutaxassis: ona suti o’rnini eng sifatli sun’iy ozuqalar ham bosolmaydi

Ona suti — go’daklar uchun eng mukammal ozuqa. Uning tarkibida chaqaloqlarni ko’plab kasalliklardan himoya qiluvchi antitanalar mavjud. Shu bois xalqaro hujjatlarda go’daklarni 6 oygacha istisnosiz ko’krak suti bilan parvarishlashni muhofaza qilish va qo’llab-quvvatlashga qaratilgan tadbirlar jamiyat salomatligini saqlashdagi muhim vazifa ekanligi belgilab qo’yilgan. Ona suti — hayotning birinchi yilidagi bolalar uchun eng ideal ozuqa, — […]

TIHE 2024 — tibbiyot rivoji uchun innovasion maydon

Bugun «O’zekspomarkaz» da Sog’liqni saqlash vazirligi hamda boshqa qator vazirlik va agentliklar hamkorligida «Sog’liqni saqlash — TIHE 2024» 28-Toshkent xalqaro tibbiyot ko’rgazmasi o’z ishini boshladi. Ushbu an’anaviy ko’rgazmada zamonaviy asbob-uskunalar, texnologiyalar, ilg’or davolash va diagnostika usullari taqdim etilmoqda. «TIHE 2024″da rekord miqdordagi eksponentlar ro’yxatga olingan bo’lib, ko’rgazma birdaniga 4 ta pavilonda bo’lib o’tmoqda. Unda 21 […]