Ma`sullar yig`ilishi o`tkazildi

Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo viloyat filialida «Reproduktiv salomatlikni saqlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish masalalari» ga bag’ishlangan senat ishchi guruhi ishtirokida navbatdagi yig’ilish o’tkazilmoqda. Yig’ilishda viloyat, tuman, shahar tibbiyot birlashmalari rahbarlari, soha mutaxassislari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi va boshqa tegishli ma’sullar ishtirok etishdi.
Ona suti — go’daklar uchun eng mukammal ozuqa

Ona suti — go’daklar uchun eng mukammal ozuqa. Uning tarkibida chaqaloqlarni ko’plab kasalliklardan himoya qiluvchi antitanalar, vitaminlar, gormonlar va boshqa ko’plab foydali mikroelementlar mavjud. Shu bois xalqaro hujjatlarda go’daklarni 6 oygacha istisnosiz ko’krak suti bilan parvarishlashni muhofaza qilish va qo’llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlarga keng urg’u berilgan. Tabiiyki, mazkur yo’nalishdagi ishlar samaradorligini oshirishda ommaviy targ’ibotning ahamiyati katta. […]
Mutaxassis: bolalar tserebral falaji – umrbod davolanishni talab qiladigan kasallik

Tahlillarga ko’ra, hozir dunyo bo’yicha bolalar tserebral falajidan aziyat chekayotgan 17 million nafar bemor ro’yxatga olingan. Ammo ushbu kasallik ko’pincha kech bosqichda aniqlanishini inobatga olsak, Real raqamlar yanada yuqori bo’lishi mumkin. Xo’sh, bu qanday xastalik? Kelib chiqish omillari va yaqqol alomatlari qaysilar? Xastalikni to’liq davolasa bo’ladimi? Mazkur savollarga bolalar milliy tibbiyot markazi nevrologi Dilnoza Odilovadan […]
Respublika perinatal markazi Perinatalogiya, ginekologiya, neonatologiya va neonatal xirurgiya yo’nalishidagi mamlakatimizning eng…
Respublika perinatal markazi Perinatalogiya, ginekologiya, neonatologiya va neonatal xirurgiya yo’nalishidagi mamlakatimizning eng ilg’or va etakchi tibbiyot muassasalaridan biridir. Markazning elektron tibbiy hujjat aylanmasi maxsus «Meddata» elektron platformasi orqali amalga oshiriladi. Ushbu platforma markazning barcha bo’limlari o’rtasida integrasiya qilingan bo’lib, tibbiy hujjatlarni qog’oz ko’rinishida bo’lishini minimallashtirishga yo’naltirilgan. SSV matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan yuqoridagi videolavhada bu haqda […]
Mutaxassis: ona suti o’rnini eng sifatli sun’iy ozuqalar ham bosolmaydi

Ona suti — go’daklar uchun eng mukammal ozuqa. Uning tarkibida chaqaloqlarni ko’plab kasalliklardan himoya qiluvchi antitanalar mavjud. Shu bois xalqaro hujjatlarda go’daklarni 6 oygacha istisnosiz ko’krak suti bilan parvarishlashni muhofaza qilish va qo’llab-quvvatlashga qaratilgan tadbirlar jamiyat salomatligini saqlashdagi muhim vazifa ekanligi belgilab qo’yilgan. Ona suti — hayotning birinchi yilidagi bolalar uchun eng ideal ozuqa, — […]
TIHE 2024 — tibbiyot rivoji uchun innovasion maydon

Bugun «O’zekspomarkaz» da Sog’liqni saqlash vazirligi hamda boshqa qator vazirlik va agentliklar hamkorligida «Sog’liqni saqlash — TIHE 2024» 28-Toshkent xalqaro tibbiyot ko’rgazmasi o’z ishini boshladi. Ushbu an’anaviy ko’rgazmada zamonaviy asbob-uskunalar, texnologiyalar, ilg’or davolash va diagnostika usullari taqdim etilmoqda. «TIHE 2024″da rekord miqdordagi eksponentlar ro’yxatga olingan bo’lib, ko’rgazma birdaniga 4 ta pavilonda bo’lib o’tmoqda. Unda 21 […]
Xavfli kasallikka qarshi global tavsiyalar e’lon qilindi

2040 yilga borib, dunyoda prostata bezi saratoni bilan kasallanish ko’rsatkichi 2 baravar, xastalikdan o’lim statistikasi esa 85 foiz (yiliga qariyb 700 mingta)ga ko’payishi mumkin. Ushbu o’sish tendentsiyasidan asosan past va o’rta daromadli mamlakatlar aholisi aziyat chekishi taxmin qilinyapti. Buyuk Britaniyaning nufuzli «The Lancet» tibbiy jurnalida e’lon qilingan hisobot ayni shu mavzuga bag’ishlandi. Undan bir guruh […]
SSV: Navro’z bayrami va dam olish kunlarida tibbiyot muassasalari uzluksiz faoliyat yuritadi

Davlatimiz rahbarining tegishli farmoniga ko’ra, bu yil Navro’z umumxalq bayrami munosabati bilan yurtdoshlarimiz ish haftasining turidan qat’i nazar ketma-ket 4 kun dam oladi. Ana shu davrda quyidagi davolash-profilaktika muassasalarining 40 ming nafardan ortiq tibbiyot xodimi qonunda belgilangan tartibda, navbatchilik asosida aholiga xizmat ko’rsatadi: 1257 ta ko’p tarmoqli va oilaviy poliklinika, 1080 ta oilaviy shifokor punkti, […]
Allergik kasalliklarning 30-40 foizi autoimmun reaktsiyalar bilan bog’liq

Immunitet zaiflashishi — salomatligimiz uchun katta xavf. Bunda organizmning turli kasalliklarga qarshi kurashish qobiliyati susayadi. Ammo haddan tashqari faol immunitet ham sog’lik uchun jiddiy muammo! Respublika ixtisoslashtirilgan allergologiya va klinik immunologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Ilmira Razikova shu mavzudagi xulosalarini allergik kasalliklar bilan bog’lagan holda bayon qildi. — Autoimmun xastaliklar immun tizimi faoliyati izdan chiqishi […]
Farmasevtika faoliyati bilan shug’ullanuvchilar diqqatiga!

Xabaringiz bor, Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o’tkazilgan tezkor tadbirda Chortoq tuman tez yordam bo’limi feldsheri tomonidan yashirin tsex sharoitida tayyorlangan «Zodak», «Anaferon», «xilak Forte» va «vitamin B6» nomli qalbaki dori vositalari Andijon, Farg’ona va Toshkent shaharlaridagi dorixonalarda sotuvga chiqarilganligi aniqlandi. Ushbu xabar yuzasidan, Sog’liqni saqlash vazirligi O’zbekiston Respublikasi hududida dori vositalari va tibbiyot buyumlarning […]