Перейти к основному содержимому

Onabola-QF.uz

Qarshida 4 egizak qizaloq dunyoga keldi

Kitob tumanilik Jasur Maqayev va Dilfuza Bahriddinova 5 nafar qizni katta orzu-havaslar bilan kamolga yetkazayotgandi. Yaqinda bu oilada bir yo‘la yana 4 qizaloq tug‘ildi. Natijada ushbu oila 9 qizli boy xonadonga aylandi. 🏥 Egizaklar Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo filialida muddatidan oldin kesarcha kesish amaliyoti orqali dunyoga keldi. ➡️ Birinchi […]

Uchrashuvda soha vakillari bilan muloqot bo‘lib o‘tdi. Davlatimiz rahbari ularning takliflari, fikr-mulohazalarini tingladi.

“Men shifokor egnidagi oq libosni nafaqat kasb belgisi, balki Vatanga cheksiz sadoqat ramzi deb bilaman. Bundan buyon ham shifokorning, har bir tibbiyot xodimining obro‘sini himoya qilish, unga har tomonlama munosib sharoit yaratish e’tiborimiz markazida bo‘ladi. Ishonchim komil, biz birgalikda Yangi O‘zbekistonni boshqa sohalar qatorida tibbiyoti ham rivojlangan davlatga aylantiramiz. Barchangizga shu yo‘lda sihat-salomatlik, kuch-g‘ayrat, g‘oyat […]

Tibbiyot xodimlariga barcha turdagi davlat xizmatlarining to‘lovi 2 karra kamaytiriladi. Bunga qo‘shimcha 100 milliard so‘m ajratiladi.

“Agar tibbiyot xodimi oilasi va farzandlariga ko‘proq vaqt ajratsa, o‘z ustida chuqurroq ishlasa, shaxsiy rivojlanish, kasbiga bo‘lgan muhabbat, eng muhimi, ishidagi sifat va unum yanada oshadi. Shuning uchun kelgusi yil 1-apreldan davlat tibbiy muassasalaridagi oyliklarni to‘liq saqlab qolgan holda ish haftasini hozirgi olti kunlikdan besh kunlikka o‘tkazamiz”, – dedi davlatimiz rahbari. Jizzax tog‘larining eng so‘lim […]

Prezidentimiz tibbiyot xodimlarining mehnatiga qo‘shimcha rag‘batlarni e’lon qildi.

Endilikda har yili Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan davlat tibbiyot muassasalarining barcha xodimlariga pul mukofoti beriladi. Tumanda yangi davolash usulini joriy qilgan shifokorlar 21 million so‘mdan mukofot oladi. Davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ishlagan tibbiyot xodimlariga sanatoriylarga bepul yo‘llanma beriladi, davlat oliygohlariga o‘qishga kirgan farzandining bir yillik kontrakt summasiga 30 foiz chegirma […]

Kelgusida ham tibbiyotda xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash va ularga qo‘shimcha sharoitlarni yaratish davom ettirilishi ta’kidlandi.

Xususan, kelgusi yildan tibbiy uskuna, jihoz va tez yordam mashinalarini olib kirish bo‘yicha imtiyoz 3 yilga uzaytiriladi. Umumiy ovqatlanish korxonalariga QQSning bir qismini qaytarish bo‘yicha berilgan imtiyoz xususiy tibbiyot tashkilotlariga ham qo‘llanadi. Zamonaviy ko‘p tarmoqli klinikalarni tashkil qilish va ularni jihozlash uchun tadbirkorlarga 200 million dollarlik imtiyozli resurs ajratiladi. Bu mablag‘lar kelgusi yildan boshlab tadbirkorlarga […]

Ko‘p sohalar qatori tibbiyotda ham xususiy sektor jadal rivojlanib bormoqda.

So‘nggi sakkiz yilda xususiy klinika va laboratoriyalar soni 3 karra ko‘payib, 9 mingga, ulardagi shifo o‘rinlari esa 57 mingga yetdi. Prezidentimiz hozirda tibbiy xizmatlarning 30 foizi xususiy sektor tomonidan ko‘rsatilayotgani, ilg‘or tashabbuslar ham ulardan chiqayotgani quvonarli hol ekanini ta’kidlab, ularning xususiy sheriklikni kengaytirish bo‘yicha barcha takliflarini ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi. Xususiy tibbiyot klinikalarida ko‘rsatilayotgan xizmat […]

Buyuk bobokalonimiz Abu Ali ibn Sinoning “Tabib doimo o‘z bilimini yangilab turmog‘i lozim. Zero, tan va tabiat doim yangilanib turadi”, degan hikmatli so‘zlari oradan ming yil o‘tgan bo‘lsa ham, o‘z ahamiyatini zarracha yo‘qotmagani ta’kidlandi.

Bugungi davr shifokori zamonaviy texnologiya, davolash va diagnostika usullaridan xabardor bo‘lishi, o‘z ustida doimiy ishlab borishi shartligi qayd etildi. Shu bois, tibbiyot xodimlarining malakasini uzluksiz oshirib boradigan yangi tizim bo‘ladi. Kelgusi yildan malaka oshirishning masofaviy, robot-simulyator, amaliy, ish joyida mustaqil tayyorgarlik kabi turlari yo‘lga qo‘yiladi. Malaka oshirish talablari va baholash mezonlarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan […]

Kelgusi yildan barcha tibbiyot oliygohlarida oliy hamshiralik ishi yo‘nalishi ochiladi va kvota 2 karra, 2027-yildan esa kamida 20 foizdan oshirib boriladi.

Bundan maqsad – yaqin yillarda oliy ma’lumotli hamshiralarning ulushini 10 foizga yetkazish. Oliy ma’lumotga ega, shifokor bilan yonma-yon turadigan bunday hamshiralarning mehnati munosib rag‘batlantiriladi. Kelgusi yildan oliy ma’lumotli hamshiralarning maoshiga 100 foiz ustama beriladi. Ayni paytda o‘rta ma’lumotli hamshiralarni tayyorlash tizimi ham o‘zgartiriladi. Bu borada Angliyaning “Pirson” kompaniyasi bilan har bir hududdagi bittadan texnikumda xalqaro […]