Onabola-QF.uz

Bolalar ortopediya markazida qanday noyob operasiyalar o’tkazilmoqda?

Respublika bolalar ortopediya markazi yurtimizda ushbu sohaga ixtisoslashgan etakchi tibbiyot muassasalaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda bu erda qo’llanilayotgan innovasion muolaja usullari kichik yoshli bemorlarning tayanch-harakat tizimidagi murakkab kasalliklarni tez va samarali davolash imkonini berayotir. — Markazimiz maslahat-diagnostika poliklinika, radiologiya, klinik laboratoriya, anesteziologiya-reanimasiya, operasion blok va 5 ta klinik bo’limni o’z ichiga olib, yil sayin zamonaviy […]

«O’lgan» chaqaloq qanday tirilgan edi?

700 gramm tug’ilgan chaqaloqdan voz kechgan ota-ona keyinchalik nega afsuslandi? O’ndan ziyod homilasidan ayrilgan 40 yoshli ayol qismati… SSV matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan «ichkarida» loyihasining navbatdagi soni orqali Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Toshkent shahar filiali shifokori Malika Usmanova faoliyatining ko’pchilikka ma’lum bo’lmagan qirralari bilan yaqindan tanishasiz. Sog’liqni saqlash vazirligi Matbuot […]

SSV: Respublika perinatal markazining videotaqdimoti 45 ta davlat orasida birinchi o’ringa sazovor bo’ldi

Yurtimizda ayollar salomatligini asrash tibbiyot transformasiyasidagi eng muhim yo’nalishlardan biridir. Bu borada erishilayotgan yutuqlar esa soha xodimlarining rivojlanish sari dadil qadam tashlayotganidan dalolat beradi. Jumladan, O’zbekiston xalqaro miqyosda yana bir e’tirofga sazovor bo’ldi. Respublika perinatal markazi jamoasi yaqinda BAAda bo’lib o’tgan «ENDODUBAI — 2025» X xalqaro tibbiyot konferentsiyasining «Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlari» maxsus sektsiyasida […]

Homiladorlar necha marta skrining tekshiruvlaridan o’tishi zarur?

Homiladorlikning dastlabki uch oyi — ham ona, ham tug’ilajak farzand salomatligi uchun o’ta mas’uliyatli davr. Shu sababli ushbu muddatda ayollarning tegishli tibbiy tekshiruvlardan o’z vaqtida o’tishi g’oyatda muhim. Bu orqali homilada tug’ma va irsiy kasalliklar rivojlanishining oldi olinadi. Xo’sh, homilador ayollar qanday skrining tekshiruvlaridan o’tishi zarur? Toshkent shahar 4-son tug’uruq kompleksi bosh shifokori o’rinbosari Zarina […]

2024 yilda O’zbekistonda qancha egizaklar tug’ilgan?

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko’ra, 2024 yil davomida respublika bo’yicha 21 107 nafar egizak tug’ilishi holatlari FHDYO organlarida qayd etilgan. Jinsi bo’yicha egizak tug’ilganlar soni: o’g’il bolalar – 10 630 nafar; qiz bolalar – 10 477 nafar.

Bolalar milliy tibbiyot markazida yangi jarrohlik muolajasi o’tkazildi

Bolalar milliy tibbiyot markazida yangi amaliyot — O’zbekiston tarixida ilk bor angiovaskulyar usulda abernetti sindromiga qarshi jarrohlik muolajasi o’tkazildi. Mutaxassislarga ko’ra, ushbu sindrom juda kam uchraydigan hamda bolalarda og’ir asoratlarni keltirib chiqaradigan kasallik hisoblanadi. Bu holatda jigarga kelishi kerak bo’lgan qon yurakka yo’naladi va natijada jigar qon ta’minoti buzilib, u o’z vazifasini to’liq bajara olmay […]

Chaqaloqlarning eshitish qobiliyatini skrining qilish 50 foizdan 95 foizga etkaziladi

Yangi O’zbekiston kelajagini bolalarimizning timsolida ko’ramiz. Shu ma’noda, ularning salomatligiga e’tiborli bo’lish dolzarb vazifalardan sanaladi. Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi faoliyatida ana shu masala ustuvorlik qilib kelmoqda. O’tgan yilni yuqori natijalar bilan yakunlagan mazkur jamoa a’zolari joriy yilda «sog’lom bola — sog’lom kelajak» tamoyili asosida faoliyat olib boryapti. — Gap farzandlarimiz salomatligi xususida borarkan, […]

Yurtimizda yangi yilning ilk kunida qancha chaqaloq dunyoga keldi?

2025 yil 1 yanvar soat 17:00 holatiga ko’ra, mamlakatimizda jami 1040 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Ularning:  492 nafari o’g’il, 548 nafari qiz. Eng ko’p tug’ilish Farg’ona viloyatida (154 nafar) qayd etildi. Shuningdek, hududlar kesimida keyingi o’rinlarni:   Qashqadaryo viloyati (119 nafar), Toshkent shahri (112 nafar), Samarqand viloyati (101 nafar), Surxondaryo viloyati (89 nafar) band etdi. Eng […]

Bolalarda diatez: kasallik nima sababdan kelib chiqadi?

Yangi tug’ilgan chaqaloqning sog’lom ulg’ayishi har bir onadan alohida e’tibor va g’amxo’rlikni talab qiladi. Ayniqsa, go’dakning asosiy taomi ko’krak suti bo’lgan paytda ayollar allergiya chaqiruvchi mahsulotlarni iste’mol qilishdan ehtiyot bo’lishi lozim. Aks holda kichkintoyda diatez kuzatilishi mumkin. Respublika ixtisoslashtirilgan allergologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Ilmira Razikova bilan ayni shu mavzu — bolalarda […]