I akusherlik bo‘limi
Bo'limlar
I akusherlik bo‘limi
Akusherlik bo‘limining asosiy maqsadi
- Homilador, tug‘ayotgan va tug‘ruqdan keyingi ayollarga zamonaviy klinik protokollar asosida xavfsiz, sifatli va uzluksiz tibbiy yordam ko‘rsatish, ona va chaqaloq salomatligini saqlash hamda onalar va perinatal o‘limni kamaytirish.
Bo’limda o’rin soni -52ta
Shifokorlar -3ta
Doya -35ta
Orastabonu -30ta
Oliy toifa -12ta
1 toifa -3ta
2 toifa -7ta
Sh.M.Mirziyoyev
Akusherlik bo‘limining asosiy vazifalari
- Homilador ayollarni qabul qilish va baholash.
- Fiziologik va patologik tug‘ruqlarni olib borish.
- Yuqori xavfli homiladorlarni o‘z vaqtida aniqlash va davolash.
- Shoshilinch akusherlik yordamlarini ko‘rsatish.
- Zarurat tug‘ilganda operativ tug‘ruq (kesarcha kesish va boshqa akusherlik amaliyotlari)ni bajarish.
- Ona va chaqaloqning hayotiy ko‘rsatkichlarini doimiy kuzatish.
- Infeksion nazorat va sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etish.
- Tibbiy hujjatlarni to‘g‘ri yuritish hamda klinik protokollarga amal qilish.
Tug‘ruqdan keyingi (postnatal) bo‘limning asosiy maqsadi
- Onaning tug‘ruqdan keyingi sog‘lig‘ini tiklash, chaqaloqning sog‘lom rivojlanishini ta’minlash va asoratlarning oldini olish.
Tug‘ruqdan keyingi bo‘limning asosiy vazifalari
- Ona va chaqaloqning umumiy holatini muntazam kuzatish.
- Tug‘ruqdan keyingi qon ketish, infeksiya va boshqa asoratlarni erta aniqlash hamda davolash.
- Emizishni birinchi soatlarda boshlash va eksklyuziv ko‘krak suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlash.
- Onaga shaxsiy gigiyena, ovqatlanish va chaqaloq parvarishi bo‘yicha tavsiyalar berish.
- Oilani rejalashtirish va kontratsepsiya bo‘yicha maslahat berish.
- Zarur laborator va instrumental tekshiruvlarni tashkil etish.
- Chaqaloqni emlash va neonatal skrining tadbirlarini tashkil etish.
- Onani va chaqaloqni qoniqarli holatda uyga chiqarish hamda keyingi patronaj kuzatuvini tashkil etish.
Biz haqimizda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-sentabrdagi “Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-296-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining “Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning hududiy filiallari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2023 yil 15 sentabrdagi 230-sonli buyruqlariga asosan 2023 yilning 5 oktabridan “Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo viloyati filiali” davlat muassasasi nomi bilan faoliyat yurita boshladi.
Bo'limlar
Markaz 200 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, tarkibida:
- Xo’jalik hisobidagi I akusherlik bo‘limi – 52 o‘rin
- II akusherlik bo‘limi – 100 o‘rin
- OPB (Hom.Pat.B-mi) – 45 o‘rin
- Ginekologiya bo‘limi – 30 o‘rin
- Chaqaloqlar patalogiyasi bo‘limi — 13 o‘rin
- Chaqaloqlar reanimatsiyasi intensiv terapiya bo‘limi – 12 o‘rin
- Kattalar Reanimatsiya intensiv terapiya bo‘limi — 12 o‘rin
- Poliklinika bo‘limi (50 qatnov)
- Xo’jalik hisobidagi genikologiya bo’limi 15 o’rin
- Dorixona, Avtoklav, Laboratoriya bo‘limlari mavjud.
- Oshxona, kirxonalar autsorsingga o‘tkazilgan.
(75) 123-45-67
8.00 - 18.00