Skrining bo’limi
Bo'limlar
Skrining bo’limi
Prenatal (tug’ruqdan oldingi) skriningdan maqsad:
- Ayollarda xomilador bo’lish extimolini oldindan aniqlash. Bular: preklampsiya, eklampsiya, fetoplasentar yetishmaslik, xomila rivojlanishining orqada qolishi, xomilaning o’smay qolishi.
- Tug’ilajak bolada irsiy va boshqa nuqsonlar bor yo’qligini aniq Bosh miya, yurak, umurtqa pogonasi, qo’l-oyoqlardagi nuqsonlar. Daun sindromi boshqa ko’pgina nuqsonlarni aniqlash uchun.
Sh.M.Mirziyoyev
Prenatal skrining 5 turdan iborat:
. ultratovush yordamida tekshiruv;
. biokimyoviy analiz;
. immunologik (xomilaning rivojlanishiga putur yetkazadigan ToRCh infeksiyalarga tekshirish: qizilcha, gerpes, sitomegalovirus, toksoplazmoz, xlamidioz);
. sitogenetik analiz (qo’shimcha ko’rsatmalar asosida qilinadi);
. molekular (juda kam uchraydigan irsiy kasalliklarda qilinadi).
Birinchi skrining 1 trimestrda xomila rivojlanishining 11-13 xafta + 6 kunda qilinadi.
Ikkinchi skrining 2 trimestrda xomila rivojlanishining 18-20 xafta + 6 kunda qilinadi.
Uchinchi skrining 28-32 xafta oraligida o’tkaziladi.
Asosiy vazifa:
. xomilador ayolning salomatligini, ya’ni bolaning sog’lom rivojlanishiga zarar yetkazishi mumkin bo’lgan kasalliklar bor yo’qligini aniqlash;
. bolada nuqsonlar yo’qligini aniqlash;
. barcha xomilador ayollar tekshiriladi.
Biz haqimizda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-sentabrdagi “Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-296-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining “Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning hududiy filiallari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2023 yil 15 sentabrdagi 230-sonli buyruqlariga asosan 2023 yilning 5 oktabridan “Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo viloyati filiali” davlat muassasasi nomi bilan faoliyat yurita boshladi.
Bo'limlar
Markaz 200 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, tarkibida:
- Xo’jalik hisobidagi I akusherlik bo‘limi – 52 o‘rin
- II akusherlik bo‘limi – 100 o‘rin
- OPB (Hom.Pat.B-mi) – 45 o‘rin
- Ginekologiya bo‘limi – 30 o‘rin
- Chaqaloqlar patalogiyasi bo‘limi — 13 o‘rin
- Chaqaloqlar reanimatsiyasi intensiv terapiya bo‘limi – 12 o‘rin
- Kattalar Reanimatsiya intensiv terapiya bo‘limi — 12 o‘rin
- Poliklinika bo‘limi (50 qatnov)
- Xo’jalik hisobidagi genikologiya bo’limi 15 o’rin
- Dorixona, Avtoklav, Laboratoriya bo‘limlari mavjud.
- Oshxona, kirxonalar autsorsingga o‘tkazilgan.
(75) 123-45-67
8.00 - 18.00