1-Akusherlik chaqaloqlar bo’limi
Bo'limlar
1-Akusherlik chaqaloqlar bo’limi
Xo’jalik xisobidagi 1-Akusherlik chaqaloqlar bo’limi 52-o’ringa mo’ljallangan bo’lib, bo’lim boshlig’i oliy toifali neonatolog Salyamova Sanam-oy Mannonovna.
Bo’limda jami 17 ta tibbiyot xodimlari faoliyat ko’rsatadi. Shundan 2-nafar
Neonatolog shifokor, 15 ta o’rta tibbiyot xodimi. Shundan 1nafar katta xamshira, 1nafar kunduzgi xamshira, 13-nafar navbatchi xamshira faoliyat yuritadi.
Bu bo’lim o’z-o’zini moliyalashtirish tamoili asosida faoliyat yuritadi.
Asosiy maqsadi — Yangi tug’ilgan chaqaloqlarning xayoti va sog’ligini asrash, chaqaloqni yashashga moslashuvini taminlash xamda kasalliklarni erta aniqlab, o’z vaqtida davolashdan iborat.
Sh.M.Mirziyoyev
Asosiy vazifalari.
— Chaqaloqlarni tug’ilgandan keyingi xolatini baxolash.
-Nafas olishi, yurak urishi, tana xarorati va boshqa ko’rsatkichlarni nazorat qilish.
-Chala va kam vaznli chaqaloqlarga yordam ko’rsatish.
-Sariqlik, nafas yetishmovchiligi, infeksiyalar kabi xolatlarni aniqlash va davolash.
-Ona suti bilan oziqlantirish va chaqaloqlar parvarishi bo’yicha onalarga tavsiya berish.
-Zarur xollarda chaqaloqni reanimatsiya va intensiv terapiya bo’limiga o’tkazish.
— Chaqaloqlarni VGV1, BSJ emlashlari, Audioskrining, F.K.U analizi o’tkazish.
Biz haqimizda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-sentabrdagi “Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-296-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining “Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning hududiy filiallari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2023 yil 15 sentabrdagi 230-sonli buyruqlariga asosan 2023 yilning 5 oktabridan “Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo viloyati filiali” davlat muassasasi nomi bilan faoliyat yurita boshladi.
Bo'limlar
Markaz 200 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, tarkibida:
- Xo’jalik hisobidagi I akusherlik bo‘limi – 52 o‘rin
- II akusherlik bo‘limi – 100 o‘rin
- OPB (Hom.Pat.B-mi) – 45 o‘rin
- Ginekologiya bo‘limi – 30 o‘rin
- Chaqaloqlar patalogiyasi bo‘limi — 13 o‘rin
- Chaqaloqlar reanimatsiyasi intensiv terapiya bo‘limi – 12 o‘rin
- Kattalar Reanimatsiya intensiv terapiya bo‘limi — 12 o‘rin
- Poliklinika bo‘limi (50 qatnov)
- Xo’jalik hisobidagi genikologiya bo’limi 15 o’rin
- Dorixona, Avtoklav, Laboratoriya bo‘limlari mavjud.
- Oshxona, kirxonalar autsorsingga o‘tkazilgan.
(75) 123-45-67
8.00 - 18.00