Перейти к основному содержимому

Onabola-QF.uz

Bo'limlar

Ginekologiya bo‘limi

Ginekologiya bo‘limi ayollarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish, ginekologik kasalliklarni erta aniqlash, sifatli davolash, zarur operativ yordam ko‘rsatish, asoratlarning oldini olish va reabilitatsiyani ta’minlashga xizmat qiladi.

Boshqa bo‘limlar bilan hamkorlik
Akusherlik, homiladorlar patologiyasi, onkologiya, anesteziologiya-reanimatsiya, UTT, laboratoriya va boshqa bo‘limlar bilan uzviy hamkorlik qilish.
Murakkab holatlarni konsilium asosida ko‘rib chiqish.
Tibbiy yordam sifati va xavfsizligini ta’minlash
Klinik protokollar va standartlarga muvofiq tibbiy yordam ko‘rsatish.
Infeksiya nazorati va aseptika-antiseptika talablariga rioya qilish.
Bemor xavfsizligi, tibbiy xatolar va asoratlarning oldini olish.

Yangi O’zbekistonni barpo etishga faqat sog’lom xalq, sog’lom millatgina qodir.
Sh.M.Mirziyoyev

Ginekologiya bo‘limining asosiy vazifalari


Ginekologik kasalliklarni tashxislash va davolash
Ayollar jinsiy a’zolari kasalliklarini aniqlash va davolash.
Yallig‘lanish, bachadon va bachadon bo‘yni kasalliklari, tuxumdonlar patologiyasi, endometrioz, hayz sikli buzilishlari va boshqa ginekologik kasalliklarni davolash.
Zarur hollarda bemorlarni tor mutaxassislarga yo‘naltirish.
Shoshilinch ginekologik yordam ko‘rsatish
Bachadondan kuchli qon ketishi, o‘tkir qorin sindromi, bachadondan tashqari homiladorlik, tuxumdon kistasi asoratlari va boshqa shoshilinch holatlarda tezkor tibbiy yordam ko‘rsatish.
Og‘ir bemorlarni reanimatsiya va boshqa ixtisoslashtirilgan bo‘limlar bilan hamkorlikda davolash.
Operativ davolash
Ko‘rsatmalar asosida ginekologik operatsiyalarni amalga oshirish.
Kichik jarrohlik amaliyotlari va diagnostik muolajalarni bajarish.
Operatsiyadan oldingi tayyorgarlik va operatsiyadan keyingi kuzatuvni tashkil etish.
Reproduktiv salomatlikni muhofaza qilish
Ayollarning reproduktiv salomatligini baholash va saqlash.
Bepushtlik sabablarini aniqlash va tegishli mutaxassislarga yo‘naltirish.
Homiladorlikni rejalashtirish bo‘yicha maslahat berish.
Profilaktik va skrining tadbirlarini tashkil etish
Bachadon bo‘yni saratoni va boshqa onkologik kasalliklarni erta aniqlash.
Zarur laboratoriya va instrumental tekshiruvlarni tashkil etish.
Aniqlangan xavf guruhidagi ayollarni muntazam kuzatuvga olish.
Homiladorlik bilan bog‘liq ginekologik holatlarda yordam
Ginekologik kasalligi mavjud homilador ayollarni tegishli mutaxassislar bilan birgalikda kuzatish.
Homiladorlik va tug‘ruqqa ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan kasalliklarni o‘z vaqtida aniqlash va davolash.
Bemorlarni kuzatish va reabilitatsiya qilish
Davolash samaradorligini baholash.
Bemorlarning holatini dinamik kuzatish.
Operatsiyadan keyingi va kasallikdan keyingi reabilitatsiya choralarini tashkil etish.
Tibbiy hujjatlarni yuritish
Bemorning kasallik tarixi, tekshiruv natijalari, davolash va operativ aralashuvlar haqidagi ma’lumotlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish.
Tibbiy statistika va hisobotlarni yuritish.

Biz haqimizda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-sentabrdagi “Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-296-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining “Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning hududiy filiallari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2023 yil 15 sentabrdagi 230-sonli buyruqlariga asosan 2023 yilning 5 oktabridan “Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo viloyati filiali” davlat muassasasi nomi bilan faoliyat yurita boshladi.

Bo'limlar

Markaz 200 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, tarkibida:

telefon

(75) 123-45-67

Ish vaqti

8.00 - 18.00