Перейти к основному содержимому

Onabola-QF.uz

Xoʻjalik hisobidagi ginekologiya boʻlimi

Bo'limlar

Xoʻjalik hisobidagi ginekologiya boʻlimi

Xoʻjalik hisobidagi ginekologiya boʻlimi 15 oʻringa moʻljallangan boʻlib, boʻlim boshligʻi oliy toifali shifokor akusher-ginekolog Oripova Shaxnoza Meyliyevna. Boʻlimda jami 9 ta tibbiyot xodimlari faoliyat yuritib kelmoqda.
Shundan 2 nafar akusher-ginekologlar ,2 nafar kunduzgi va 4 nafar navbatchi hamshiralar ,1 nafar kunduzgi orastabonu  faoliyat yuritadilar.

Bo’limga davolanish uchun kelgan  ayollar uchun barcha shart –sharoitlar mavjud, ularga malakali tibbiy yordam koʻrsatilinib, davo choralari standart protokollar asosida olib boriladi.

Yangi O’zbekistonni barpo etishga faqat sog’lom xalq, sog’lom millatgina qodir. Sh.M.Mirziyoyev

Xoʻjalik hisobidagi ginekologiya boʻlimi — oʻz-oʻzini moliyalashtirish (pullik tibbiy xizmat koʻrsatish) tamoyili asosida faoliyat yuritadigan, ayollar reproduktiv salomatligini muhofaza qilishga ixtisoslashgan tibbiy boʻlimdir. 

Asosiy maqsadi 

Xotin-qizlarga yuqori malakali, zamonaviy, tezkor va qulay sharoitlarda ginekologik, diagnostik hamda davolash-profilaktika xizmatlarini koʻrsatish va ushbu xizmatlar hisobidan markaz faoliyatiga moliyaviy ko’maklashish hamda rivojlantirishni taʼminlashdan iborat. 

Asosiy vazifalari Tashxis qoʻyish va profilaktika (Diagnostika):

Ayollar jinsiy aʼzolari kasalliklarini barvaqt aniqlash va ultratovush (UTT), kolposkopiya, laboratoriya tahlillari va boshqa zamonaviy usullar yordamida aniq tashxis qoʻyish.
Profilaktik koʻriklarni tashkil etish va ayollar oʻrtasida reproduktiv salomatlik madaniyatini oshirish. 
Konsultativ va davolash yordami: 
Ambulator va statsionar sharoitda ginekologik kasalliklar (yalligʻlanishlar, gormonal buzilishlar, bepushtlik, endometrioz, mioma va b.) boʻyicha konsultatsiya berish hamda konservativ davolash.
Klimakterik va hayz sikli buzilishlari boʻyicha tibbiy yordam koʻrsatish. 

Reabilitatsiya va tiklash: 
Ginekologik kasalliklardan keyingi davrda ayollar salomatligini qayta tiklash va parvarish qilish. 

Tashkiliy-moliyaviy vazifalar: 

Pullik xizmatlar koʻrsatish orqali tushgan mablagʻlar hisobidan markazning moddiy-texnik bazasini yangilash va zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlash. 
Tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish va ularga mehnat natijasiga qarab munosib haq bilan ragʻbatlantirish. 
Xizmat koʻrsatish sifatini va bemorlar uchun qulaylik darajasini (servis xizmatlarini) doimiy oshirib borish.

Xoʻjalik hisobidagi ginekologiya boʻlimi  quyidagilar asosida faoliyat yuritadi:

-“RIOvaBSIATMQVF ning aholiga pullik tibbiy xizmat ko’rsatish to’g’risisdagi NIZOM ” (2025 yil 5 yanvarda markaz direktori va kasaba uyushmasi raisi tomonidan tasdiqlangan) ;

-“O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tizimidagi davlat tibbiyot muassasalarida pulli xizmat ko’rsatishni tashkil etish va tartibga solish tog’risida” gi O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirining 2025 yil 27 noyabrdagi 363 – sonli buyrug’i ;

— “O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot muassasalarida pulli xizmat ko’rsatish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”  O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 11 noyabr dagi 718 — sonli qarori ;

Bo’limda ginekologik kreslolar, ginekologik instrumentlar, kolposkop va elektrokoagulyator apparatlari , fizioterapevtik muolajalar texnikalari( elektrotovush, elektroforez, darsonval, elektroson, zinda) va vakuum aspirator mavjud.

Biz haqimizda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-sentabrdagi “Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-296-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining “Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning hududiy filiallari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2023 yil 15 sentabrdagi 230-sonli buyruqlariga asosan 2023 yilning 5 oktabridan “Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo viloyati filiali” davlat muassasasi nomi bilan faoliyat yurita boshladi.

Bo'limlar

Markaz 200 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, tarkibida:

telefon

(75) 123-45-67

Ish vaqti

8.00 - 18.00