Qarshi shahrida “Onalik olami” tug‘ruq majmuasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Tadbirda viloyat hokimi M. Azimov, sog’liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i N. Qurbonov, viloyat mas’ullari hamda tibbiyot xodimlari ishtirok etdi. Mazkur tug’ruq majmuasi ona va bola salomatligini muhofaza qilish, sifatli va kompleks tibbiy xizmatlarni yo‘lga qo‘yish maqsadida barpo etilgan bo’lib, loyiha qiymati 31 milliard so‘mni tashkil etadi. 56 o‘rinli majmua tarkibida reanimatsiya, neonatologiya, diagnostika, laboratoriya, nefrologiya, ambulatoriya, […]