Onabola-QF.uz

Yangiliklar

Bolalar milliy tibbiyot markazida yangi jarrohlik muolajasi o’tkazildi

Bolalar milliy tibbiyot markazida yangi amaliyot — O’zbekiston tarixida ilk bor angiovaskulyar usulda abernetti sindromiga qarshi jarrohlik muolajasi o’tkazildi.

Mutaxassislarga ko’ra, ushbu sindrom juda kam uchraydigan hamda bolalarda og’ir asoratlarni keltirib chiqaradigan kasallik hisoblanadi. Bu holatda jigarga kelishi kerak bo’lgan qon yurakka yo’naladi va natijada jigar qon ta’minoti buzilib, u o’z vazifasini to’liq bajara olmay qoladi.

Samarqand shahrilik 3 oylik go’dakda shu xastalik aniqlangach, bolalar milliy tibbiyot markazi shifokorlari tomonidan u atroflicha tekshiruvdan o’tkazildi hamda zarur muolaja usuli ishlab chiqildi.

Jigarning qon aylanishini tiklash va kasallikni bartaraf etish, muhimi, bola hayotini saqlab qolishga qaratilgan ushbu usul asosida juda kam uchraydigan xastalik muvaffaqiyatli muolaja qilindi.

Ayni paytda bemor shifokorlar nazorati ostida tegishli muolajalarni davom ettirmoqda.

SSV matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan shu xususdagi maxsus videolavha bilan keyinroq tanishishingiz mumkin.

Sog’liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.

Ulashish :

Yangiliklar

Telegram kanalimizga qo’shiling va eng so’nggi yangiliklarni o’tkazib yubormang!

So'nggi yangiliklar