Onabola-QF.uz

Yangiliklar

Yurtimizda yangi yilning ilk kunida qancha chaqaloq dunyoga keldi?

2025 yil 1 yanvar soat 17:00 holatiga ko’ra, mamlakatimizda jami 1040 nafar chaqaloq dunyoga keldi.

Ularning: 

492 nafari o’g’il,
548 nafari qiz.

Eng ko’p tug’ilish Farg’ona viloyatida (154 nafar) qayd etildi.

Shuningdek, hududlar kesimida keyingi o’rinlarni:  

Qashqadaryo viloyati (119 nafar),
Toshkent shahri (112 nafar),
Samarqand viloyati (101 nafar),
Surxondaryo viloyati (89 nafar) band etdi.

Eng kam tug’ilish esa Navoiy viloyati (18 nafar) hissasiga to’g’ri keldi.

E’tiborlisi, tug’ilganlar orasida 7 egizak (jami 15 nafar bola) bor, ya’ni 12 nafari ikki homilalik, 3 nafari esa uch homilalik egizakdir.

Ayni paytda shifokorlarimiz go’daklarning barchasiga belgilangan standartlar bo’yicha sifatli tibbiy xizmat ko’rsatmoqda. 

Yurtimizda davom etayotgan dam olish kunlarida qator tibbiyot muassasalari bilan birga, tug’uruq komplekslarida ham tibbiyot xodimlari ishlamoqda. Jumladan, bayram kunlari respublika bo’ylab 6192 nafar akusher-ginekolog, neonatolog, doya hamda hamshiralar navbatchilik asosida aholiga xizmat ko’rsatmoqda.

Eslatib o’tamiz, mamlakatimizda 2020 yilning shu davrida jami 1111 nafar, 2021 yilda — 1086 nafar, 2022 yilda — 1448 nafar, 2023 yilda — 1312 nafar, 2024 yilda — 1043 nafar chaqaloq dunyoga kelgan edi.

Sog’liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati

Ulashish :

Yangiliklar

Telegram kanalimizga qo’shiling va eng so’nggi yangiliklarni o’tkazib yubormang!

So'nggi yangiliklar