Respublika perinatal markazi Perinatalogiya, ginekologiya, neonatologiya va neonatal xirurgiya yo’nalishidagi mamlakatimizning eng ilg’or va etakchi tibbiyot muassasalaridan biridir.
Markazning elektron tibbiy hujjat aylanmasi maxsus «Meddata» elektron platformasi orqali amalga oshiriladi. Ushbu platforma markazning barcha bo’limlari o’rtasida integrasiya qilingan bo’lib, tibbiy hujjatlarni qog’oz ko’rinishida bo’lishini minimallashtirishga yo’naltirilgan.
SSV matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan yuqoridagi videolavhada bu haqda batafsil so’z boradi.
Sog’liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.