Onabola-QF.uz

Yangiliklar

Kasalliklarni erta aniqlash darajasi 70 foizga etkaziladi

«Aholi salomatligi — 2030» strategiyasi loyihasining 2024-2026 yillarga mo’ljallangan amaliy tadbirlar rejasiga ko’ra, yurtimizda kasalliklarni erta aniqlash darajasini 70 foizga etkazish rejalashtirilmoqda.

Shu maqsadda har yili:

6,7 mln. nafar 40 va undan katta yoshdagi aholi orasida eng ko’p uchraydigan yurak-qon tomir, qandli diabet, o’pkaning surunkali obstruktiv kasalliklari xavfini aniqlash maqsadida profilaktik ko’riklarni o’tkazish;

18 — 40 yoshli 12,6 mln. nafar aholini profilaktik ko’rikdan o’tkazish;

9 mln. nafar maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari va o’rta maktab o’quvchilarini tibbiy ko’rik bilan qamrab olish;

onkologik kasalliklarni erta bosqichlarda aniqlash maqsadida yiliga 3 mln. nafar aholini skriningdan o’tkazish mo’ljallanmoqda.

Ulashish :

Yangiliklar

Telegram kanalimizga qo’shiling va eng so’nggi yangiliklarni o’tkazib yubormang!

So'nggi yangiliklar