Onabola-QF.uz

Yangiliklar

SSV: vazir bolalar milliy tibbiyot markazida qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o’rgandi

Sog’liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov poytaxtimizdagi bolalar Milliy tibbiyot markazida bo’lib, qish mavsumiga tayyorgarlik holati, shifo maskanini issiqlik hamda elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Sog’liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov poytaxtimizdagi bolalar Milliy tibbiyot markazida bo’lib, qish mavsumiga tayyorgarlik holati, shifo maskanini issiqlik hamda elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan barpo etilgan ushbu tibbiyot muassasasi O’zbekiston sog’liqni saqlash tizimidagi eng noyob loyihalardan biridir.

To’rt qavatli davolash korpusi 280 o’ringa ega bo’lib, markaz tarkibidagi poliklinika kuniga 300 nafargacha bemor qabul qilishga mo’ljallangan. Shifo maskani magnit rezonansli tomografiya, multispiral kompyuter tomografiya hamda onkologik kasalliklarni bir necha yil oldin aniqlaydigan zamonaviy diagnostika uskunalari bilan jihozlangan.

Shuningdek, markaz mutaxassislari tomonidan yiliga 6000 ga yaqin, xususan, yaqin yillargacha faqat ilg’or xorijiy mamlakatlarda amalga oshirib kelingan murakkab va noyob jarrohlik amaliyotlari yuksak mahorat bilan o’tkazilmoqda.

Vazir tibbiyot muassasasidagi energiya ta’minoti holatini o’rganar ekan, shifoxonani issiqlik hamda elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash, energiya resurslari uzilishlariga yo’l qo’ymaslik va buning uchun zarur choralar ko’rish bo’yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.

Sog’liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.

Ulashish :

Yangiliklar

Telegram kanalimizga qo’shiling va eng so’nggi yangiliklarni o’tkazib yubormang!

So'nggi yangiliklar