Перейти к основному содержимому

Onabola-QF.uz

2-Akusherlik chaqaloqlar bo’limi

Bo'limlar

2-Akusherlik chaqaloqlar bo’limi

  2-Akusherlik chaqaloqlar bo’limi 100 o`ringa mo’ljallangan bo`lib bo’lim boshlig`i malakali neonatolog Allayeva L.B HOZIRGI KUNDA bo’limda 6ta malakali neonatolog 33ta navbatchi hamshira 1ta kunduzgi hamshira 1ta emlash hamshirasi va 1ta katta hamshira faoliyat yuritib kelishmoqda.                                            

   Bo’lim asosan sog`lom chaqaloqlarga mo’ljallangan bo`lib tug`ruqdan keyin ona va bola birga bo’ladi

  Chaqaloqlar uchun barcha sharoitlar qilingan alohida qulay kravatchalar chaqaloqlar yurgaklash stollari bn barcha xonalar jihozlangan.

Yangi O’zbekistonni barpo etishga faqat sog’lom xalq, sog’lom millatgina qodir.
Sh.M.Mirziyoyev

Bo’limda yotgan chaqaloqlar kechayu-kunduz malakali neanatologlar hamda malakali va tajribali hamshiralar nazoratida buladi.

Bo’limda chaqaloqlarni ona suti bn oziqlantirishga juda katta etibor beriladi.

Ona sutini o`rnini bosuvchi mahsulotlarni tartibga soluvchi Xalqaro kodeks va Jahon Sog`liqni Saqlash tashkilotining tegishli rezolyutsiyalariga to`liq rioya qilinadi .

Chaqaloqlarga tug`ilgandan 2-soat utib VGV vaksinasi qilinadi .

Chaqaloqlarning yurak tug`ma nuqsoni aniqlash uchun hayotining 24-48 soat ichida pulsoksometriya tekshiruvi o`tkaziladi. Har bir Onaga chaqaloqlarni tana haroratini o`lchash o`rgatiladi.

Xona harorati +25C dan past bo`lmasligi, chaqaloqlarda uchraydigan xavfli belgilar haqida onalarga ma`lumot beriladi .

Onalarni telefoniga BEBBO ilovasini o`rnatib qanday foydalanish haqida ma`lumot beriladi.

48 soatdan keyin BSJ vaksinasi va audio skrining tekshiruvidan o`tkaziladi.

72 soatdan keyin FKU ga analiz olinadi .

2 Akusherlik Chaqaloqlar bulimining asosiy vazifalari bulimga kelgan chaqaloqlarni yaxshi parvarishlab barcha emlash hamda skrining tekshiruvlaridan o`tkazib uyiga sog`lom holda javob berish.

Bizning siyosat  

Kokrak suti bn boqishni – qullab quvvatlash, himoya qilish va uni targ`ibot qilishdir

Siyosatning asosiy maqsadi  bolaga dustona munosabatda bo`lish

Ona sutini targ`ibot qilish  va ona va bola O`limini kamaytirish.

Biz haqimizda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-sentabrdagi “Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-296-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining “Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning hududiy filiallari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2023 yil 15 sentabrdagi 230-sonli buyruqlariga asosan 2023 yilning 5 oktabridan “Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo viloyati filiali” davlat muassasasi nomi bilan faoliyat yurita boshladi.

Bo'limlar

Markaz 200 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, tarkibida:

telefon

(75) 123-45-67

Ish vaqti

8.00 - 18.00